🌀25-yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz darajada boʻlgan
1 min read

🌀25-yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz darajada boʻlgan

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Gidrometeorologiya xizmati markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Ibratjon Karimov Ob-havoda kuzatilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, payshanba-juma kunlari Sibir antitsikloni chekinishi hisobiga mahalliy xususiyatga ega iliq havo massalari rivojlanib, kechalari

0 va undan yuqori havo harorati, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliq harorat kutiladi.

Juma kuni tushdan soʻng beqaror ob-havo kuzatila boshlaydi, respublikamizga gʻarbdan toʻyingan nam havo oqimlari kirib kelishi hisobiga, avvaliga respublikaning shimoliy hududlari (Qor.Resp., Xorazm viloyati), Markaziy qismi (Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari), Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida, shuningdek kechga borib Toshkent shahri va viloyatida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kutiladi.

Dam olish kunlari Fargʻona vodiysida ham yogʻingarchiliklar boʻlishi kutilmoqda.

Fikr bildirish