Uychi  tumani 1-sektor hududida joylashgan Keskanyor MFYda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida boshlangan amaliy ishlar davom etmoqda.
1 min read

Uychi tumani 1-sektor hududida joylashgan Keskanyor MFYda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida boshlangan amaliy ishlar davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Shuhrat Musayev va bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari Keskanyor MFY hamda “Shoʻrqishloq”da boʻlib, xonadonbay oʻrganishlarni olib borishdi.

Shu kunlarda “Shoʻrqishloq”da ish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Yoʻllar tekislanib, shagʻallandi. Toza ichimlik suvi tortilmoqda. Uylar taʼmirlanyapti, daraxtlar oqlanmoqda. Tuman FVB xodimlari hashar uyushtirib, ehtiyojmand oilalarga yordamlashishmoqda.

Fikr bildirish