«Namangan suv taʼminoti» MCHJ tomonidan Uchqoʻrgʻon tumanining «Yoshlik» massivi hududida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qurilish-montaj ishlarini olib borilmoqda.
1 min read

«Namangan suv taʼminoti» MCHJ tomonidan Uchqoʻrgʻon tumanining «Yoshlik» massivi hududida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qurilish-montaj ishlarini olib borilmoqda.

Jumladan, yangi suv chiqarish inshooti qurilishi jarayoni davom etmoqda, tik quduq burgʻilash ishlari yakuniga yetkazildi. Qoʻshimcha bino inshootlar qurish ishlari boshlandi.

Shuningdek, hududda suv tarmoqlari tortilishi natijasida 250 ta suv taʼminoti mavjud boʻlmagan xonadonlarga tarmoq olib kiriladi. Eski tarmoqlar yangilariga almashtirilmoqda.

Qurilish ishlari jamiyat direktori tomonidan shaxsan nazorat qilinmoqda.

Fikr bildirish