“Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekiston Airports” AJ hamkorligida Transport vazirligining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining Namangan xalqaro aeroportidan 9 ta shaharga (arzonlashtirilgan)   Express  havo kemalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.
1 min read

30-yanvardan boshlab Namangan xalqaro aeroportidan “Sharqiy hab” loyihasi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Express havo kemalari Full economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangan xalqaro aeroportidan Moskva, Perm, Ufa, Samara, Orenburg, Omsk, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburg shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

30-yanvar kuni ilk marotaba Uzbekiston Airways aviakompaniyasining Express havo kemasi toʻliq iqtisodiy sinf (Full economy) tamoyili asosida Namangan-Perm-Namangan yoʻnalishida oʻz parvozini amalga oshiradi.

Namangan xalqaro aeroport axborot xizmati.

Fikr bildirish