BODOMZOR MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
1 min read

BODOMZOR MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Bodomzor» mahallasida istiqomat qiluvchi isteʼmolchilar, Chortoq tumanida joylashgan 35/10 kVli «Alixon-1» mini stansiyasidan chiquvchi 10 kVli «Koʻlbuqon» elektr uzatish tarmogʻi orqali elektr taʼminotiga ega.

Mazkur mahalla fuqarolar yigʻinidagi mavjud quvvati 160 kVA boʻlgan 216-sonli transformator punktiga qoʻshimcha, quvvati 160 kVA boʻlgan yangi transformator oʻrnatiladi.

Bundan tashqari,»Bodomzor» mahallasi «Eʼzoz» koʻchasiga yangi 1.5 km masofaga SIP kabellarini tortish uchun 60 dona temir beton tayanchlar tiklandi. Ahamiyatlisi shundaki zamonaviy tarmoq qurish rejasiga asosan, mahallaga 7.5 metrli temir beton tayanchlar oʻrnatildi.

Fikr bildirish