Matbuot anjumani dolzarb masalaga bagʻishlandi
1 min read

Matbuot anjumani dolzarb masalaga bagʻishlandi

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori hamda Namangan viloyati hokimi tomonidan press-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

 

2022 yil 1-choragi uchun moʻljallangan ushbu media rejaga asosan tuman hokimligida “Kosonsoy tumanida xususiy sektorni ragʻbatlantirish va uning ulushini oshirish boʻyicha “Namuna” va “Kushon” kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Hokimlik axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan anjumanda tuman hokimining oʻrinbosari Baxtiyor Salimjonov tadbir ishtirokchilariga mavzu yuzasidan axborot berdi.

Loyiha tashabbuskorlari va OAV vakillari ishtirok etgan anjumanda yigʻilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

© Kosonsoy tuman hokimlik Axborot xizmati

Fikr bildirish