Tibbiyot klasterlari tashkil etiladi
1 min read

Tibbiyot klasterlari tashkil etiladi

Hududlarda tibbiy xizmat koʻrsatish barcha yoʻnalishlar boʻyicha bir joyga mujassamlashtirilishi — ilgʻor va samarali amaliyot. Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida bu borada ham tegishli vazifalar mavjud. Bu haqda SSV Axborot xizmati maʼlum qildi.

Xususan:

Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlari tashkil etiladi;

Qashqadaryoda bolalar shifoxonasi, tugʻruq kompleksi, skrining markazi, reproduktiv salomatlik markazi joylashgan mujassam bir kompleks “Ona va bola” klasteri barpo etiladi.

Ushbu klaster bola tugʻilishidan boshlab, to 18 yoshga toʻlgunga qadar bir joyda kompleks tibbiy xizmat olish imkoni yaratiladi.

Chirchiq, Yangiyoʻl, Olmaliq, Nurafshon shaharlarida hamda Shayxontohur tumanida poliklinika va statsionar muassasalarni birlashtirgan holda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda qulayliklar yaratiladi.

Fikr bildirish