Ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrkidir
1 min read

Ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrkidir

Xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish – xalqimizda azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan. Zero, ayol – hayotimizning fayzi va koʻrki, mazmuni, xonadonlarimiz farovonligining kafolatidir.

“Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi” doirasida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 1-Orzu saylov okrugi hududidagi Yuksalish va Mustaqillik mahallalarida ayollar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda shu xususida soʻz bordi.

Tadbirda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 mart kuni xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil soʻz yuritildi.

Tadbir davomida munis onaxonlar va moʻtabar ayollarga Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadabayevning bayram sovgʻalari topshirildi.

© Artsoft

Fikr bildirish