Chortoq bozori qayta qurilmoqda
1 min read

Chortoq bozori qayta qurilmoqda

Chortoq markaziy bozorida Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Bunyodkorlik ishlarida “Chortoq arxitekt qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati jamoasi bosh pudratchi sifatida qatnashmoqda. Ikki qavatli savdo binosi, qoʻshimcha barpo qilingan obʼektlarda quruvchilar qizgʻin ish jarayoni bilan band. Eski binolar taʼmirlanib, koʻrkam qiyofaga keltirilmoqda. Yangi qad koʻtargan qoʻshimcha obʼektlarda ham ish qizgʻin. Darvoza va yangi ochiq pavilyonlar ham quriladi.


Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlar, quruvchilar bilan suhbatda boʻldi. Qurilish ishlarini jadallashtirish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.

Fikr bildirish