Namangan viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
1 min read

Namangan viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Yakubova Dinora Isakovna Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Dinora Isakovna 1970 yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1994 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Dinora Yakubova mehnat faoliyatini 1987 yilda Kosonsoy tumanida bogʻcha tarbiyachiligidan boshlagan.

1990-1997 yillarda xalq taʼlimi tizimida oʻqituvchi, 2004-2006 Kosonsoy yengil sanoat kasb-hunar kolleji uslubchisi, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2012-2017 yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi direktori, 2017-2020 yillarda Kosonsoy tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi, 2020-2021 yillarda Kosonsoy tumani hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, 2020-2021 yillarda Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Namangan viloyati Ishga marhamat mono markazi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish