Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida sel kelish xavfi eʼlon qilindi
1 min read

Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida sel kelish xavfi eʼlon qilindi

Oʻzgidromet axborot xizmati maʼlum qilishicha, joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor, Koson tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent tumanlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fergʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Ulugʻnor tumanlarida sel kelish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.

Fikr bildirish