Navro’z bayramida necha kun dam olamiz?
1 min read

Navro’z bayramida necha kun dam olamiz?

❗️Prezident farmoniga ko’ra, 2022-yilda qo’shimcha dam olish kunlari belgilangan. 

Shunga ko’ra, Navro’z bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

🔰 Xususan: 

● 19-mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

● 20-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

● 21-mart (dushanba) – Navro’z bayrami;

● 22-mart (seshanba) – qo’shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar);

● 23-mart (chorshanba) – qo’shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar).

Fikr bildirish