Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi tayinlandi
1 min read

Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi tayinlandi

Ikramov Zafar Shavkatovich Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Zafar Shavkatovich 1976 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 1998 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Zafar Ikramov mehnat faoliyatini 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi DT Xalqbank Namangan viloyati boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

2000-2007 yillarda Ipak yoʻli bankida mutaxassislikdan markaz boshligʻigacha boʻlgan vazifalarda ishlagan. 2008-2021 yillarda Davlat mulki qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi umumiy boʻlim boshligʻi-ishlar boshqaruvchisi vazifasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimigacha boʻlgan mehnat yoʻlini bosib oʻtgan.

Ikramov Zafar Shavkatovich tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish