Insonning qancha umr yashashi muhim emas, uning qanday yashagani muhim. Shoirning ham qancha yozgani emas, qanday yozgani muhim.
1 min read

Insonning qancha umr yashashi muhim emas, uning qanday yashagani muhim. Shoirning ham qancha yozgani emas, qanday yozgani muhim.

Habaringiz bor bundan bir necha kun avval otashin shoir, Namangan farzandi, tarjimon va dramaturg oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash, uning she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligini, ayni chog‘da sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin egallashi uchun hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan «Mening sevimli shoirim» shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qilingan edi.

Mazkur chellenjda Ishtirok etmoqchi bo’lgan yoshlar tomonida Usmon Nosir ijodidan namunalar keltirilgan yuzdan ortiq videoroliklar yuborildi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarning eng yahshisi deb topilgan 100 nafar ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasining telegram tarmog’idagi rasmiy sahifamizda e’lon qilindi va mas’ul ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilib, gʻoliblar aniqlanadi.

Yakuniy natijalariga kora;

1-o‘ringa Uychi tuman 36-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Pokiza Ahmadjonova munosib deb topildi. 

2-o’rinni Namangan tumani Qo‘shchinor MFY Yoshlar yetakchisi Yunusxon Axmadaliyev egalladi. 

3-o‘rin esa Namangan shahar Yangi qurilish mahallasi yoshlar yetakchisi Akmaljon To’lqinboyevga nasib etdi.

Fikr bildirish