Namangan shahridagi Prezident maktabi Prezident taʼlim muassasalari agentligi olimpiadasida eng yuqori natijani qayd etdi.
1 min read

Namangan shahridagi Prezident maktabi Prezident taʼlim muassasalari agentligi olimpiadasida eng yuqori natijani qayd etdi.

6 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza – jami 17 ta medal olgan namanganliklar 29 ta nufuzli taʼlim muassasasi oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Qayd etish lozimki, Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari shu yil yanvar oyida matematika fanidan Xalqaro “SEAMO” olimpiadasida 20 dan ortiq medalni qoʻlga kiritishgandi.

22 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin 156 ta xorijiy oliygohining 8 039 400 dollar miqdoridagi granti sohiblari boʻlishgani alohida eʼtirofga sazovor.

2021-2022 oʻquv yili qabul jarayonida hujjat topshirgan 5874 ta talabgordan 48 nafari saralab olinib 5-6 sinflarga qabul qilindi.

Hozirda ushbu dargohda 166 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

© Media Departament

Fikr bildirish