Prezident investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlarga toʻxtalib oʻtdi.
1 min read

Prezident investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlarga toʻxtalib oʻtdi.

Jumladan, 2017 yilda milliy valyutamiz – soʻmning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bogʻliq barcha cheklovlar olib tashlangani qayd etildi.

Bank va yirik korxonalarimiz ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdilar. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.

“Shu bilan birga, biz bank-moliya sohasidagi islohotlarimizni tizimli ravishda davom ettirish zarurligini albatta yaxshi tushunamiz.

Mamlakatimizda ochiqlik siyosatini taʼminlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik.

Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.

Bu koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qoʻlga kiritgani bugun hech kimga sir emas”, dedi Prezident

Fikr bildirish