O‘zbekistonda faol qarish indeksi joriy etiladi
1 min read

O‘zbekistonda faol qarish indeksi joriy etiladi

Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ma’qullandi.

Foto: Getty Images

Hujjatga ko‘ra, xalqaro tajribadan kelib chiqib mamlakatda faol qarish indeksini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritiladi.

Keksalikning har bir yosh toifasi bo‘yicha to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga qaratilgan bukletlar hamda boshqa tarqatma materiallarni tayyorlash va xonadonlarga yetkazilishini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlar ishtirokida mahallalarda yoshlar uchun «Unutilmas chempionlar», «Faxriy polvonlar» mavzularida uchrashuvlar hamda musobaqalar tashkil etiladi.

Mahallalarda keksalar ishtirokida oilalar birdamligini mustahkamlash, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan an’analarni rivojlantirishga bag‘ishlangan «Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, oila va yoshlar» mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish mo‘ljallangan.

Keksalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazishini ta’minlash, uzoq umr ko‘rishlariga yanada keng sharoit va imkoniyatlar yaratish, boy tajribalarini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish, o‘rgatish maqsadida ularning uylarida:

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish