O’zboshimchalik – “o’zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming so’mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (810 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
1 min read

➡️ Xuddi shu harakatlar ko’p miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo’lsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, BHMning 50 baravarigacha (13 mln 500 ming so’mgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

❗️Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar (tan jarohati yetkazish, o’zini o’ldirish darajasiga yetkazish, qasddan odam o’ldirish va h.k.)ning har biri uchun alohida javobgarlikka tortiladi.

Manba: Huquqiy Axborot

Fikr bildirish