Qoraqalpogʻistonning 5 ta tuman hokimlari va tadbirkorlari Namanganda tajriba alishmoqda
1 min read

Qoraqalpogʻistonning 5 ta tuman hokimlari va tadbirkorlari Namanganda tajriba alishmoqda

Qoraqalpogʻistonning 5 ta tuman hokimlari hamda tadbirkorlari, Namangandagi ishlab chiqarish sohalarini ommalashtirish maqsadida Namangan viloyatida boʻlib turishibdi.

Ikki kunga rejalashtirilgan tajriba almashishda delegatsiya aʼzolari xorijiy davlatlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilayotgan bir nechta kichik (yoshlar) sanoat zonalaridan boshlandi.

Dastlab delegatsiya vakillari Davlatobod tumanidagi «Orzu» kichik sanoat zonasida boʻlib, bu yerdagi «Ideal Textile-Orzu» masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi.

«Ideal Textile-Orzu» masʼuliyati cheklangan jamiyatida hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin ishchilar bandligi taʼminlangan boʻlib, ayni vaqtda Kostyum shim, maxsus uniforma va qishki kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.

Tayyor mahsulotlar bugungi kunda Rossiya, Italiya va Gollandiya davlatlariga eksport qilinmoqda.

Davlatobod tumani hokimligi axborot xizmati

Fikr bildirish