Fevral oyida Oʻzbekistonning qaysi hududlarida eng yuqori ishbilarmonlik faoliyati kuzatildi
1 min read

Fevral oyida Oʻzbekistonning qaysi hududlarida eng yuqori ishbilarmonlik faoliyati kuzatildi

📌Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faoliyati tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan olib boriladi:

📈Sirdaryo (52%), Buxoro (45,2%), Namangan (40,6%), Fargʻona (40,4%), Qashqadaryo (39,8%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (62%) soliq tushumlarining sezilarli oʻsishi qayd etildi.

📈Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlarning eng katta oʻsishi Jizzax (3,1 barobar), Xorazm (2,6 barobar), Andijon (2,2 barobar), Qashqadaryo (82,8%), Sirdaryo (84,3%) viloyatlarida kuzatildi.

📈Tovarlar eksport hajmining oʻsishi Qashqadaryo (89,9%), Fargʻona (58,8%), Namangan (46,4%) va Samarqand (44%) viloyatlarida qayd etildi.

📈Berilgan kreditlar hajmining oʻsishi Toshkent (2,1 barobar), Xorazm (26,3%), Fargʻona (17,7%), Namangan (17,4%) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Fikr bildirish