Uzbekistan Airways Namangan – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
1 min read

Uzbekistan Airways Namangan – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Foto: Kun.uz

2022 yil 30 martdan boshlab «Sharqiy» hab loyihasi doirasida Uzbekistan Airways AJ Namangan – Olmaota – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Qayd etilishicha, parvozlar haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Bundan avval Uzbekistan Airways to‘rtta shaharga qo‘shimcha parvozlarni amalga oshirishi xabar berilgandi.

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish