Ikromxon Najmiddinov Namangan viloyati  Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
1 min read

Ikromxon Najmiddinov Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ikromxon Najmiddinov 1951 yilda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1977 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Ikromxon Najmiddinov mehnat faoliyatini 1967 yilda Yangiqoʻrgʻon tumani «Iskovot» (Pobeda) jamoa xoʻjaligi ishchisi lavozimidan boshlagan.
1969-2000 yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani ijroiya qoʻmitasi, viloyat ijroiya qoʻmitasi va viloyat hokimligida turli lavozimlarda ishlagan. 2004 yilda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2004-2008 yillarda Namangan viloyati hokimi, 2008-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi agrosanoat uyushmalari Kengashi raisining oʻrinbosari, 2016-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat Kengashi raisi lavozimlarida mehnat qilgan.

Ikromxon Najmiddinov 2017 yilda “El-yurt hurmati” ordeni Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Ushbu tayinlovga qadar Namangan viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib faoliyat koʻrsatgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan amalga oshirildi.

 

Fikr bildirish