Alaxodjayev Ahmadjon Musaxanovich Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
1 min read

Alaxodjayev Ahmadjon Musaxanovich Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Ahmadjon Musaxanovich 1970 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 1995 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-muallim.

Ahmadjon Alaxodjayev mehnat faoliyatini Namangan DOSAAF avtomaktabida haydovchilikdan boshlagan. 1992-2014 yillarda MK «Vatanparvar» tashkiloti Namangan avtomobil maktabi oʻrgatuvchi ustasi, yetakchi oʻqituvchisi, oʻquv ishlab chiqarish boʻyicha boshliq oʻrinbosari, MK «Vatanparvar» tashkiloti Namangan avtomobil maktabi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati Kengashi raisi hamda 2021 yildan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirildi.

Fikr bildirish