Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar beriladi
1 min read

Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar beriladi

🔰 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

🔹oilaviy tadbirkorlik, daromad topadigan faoliyat bilan shugʻullanish va faoliyatini kengaytirish istagidagi aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

🔹chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

🔹bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

🔹»Hunarmand» uyushmasi aʼzolariga – 3 yilgacha muddatga va aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Fikr bildirish