UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilolmay qoldi
1 min read

UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilolmay qoldi

▪️Rossiyaga kiritilgan xalqaro sanksiyalar sabab O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatdi. Gap shundaki, UzAuto Motors’ga yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplarni Janubiy Koreya yetkazib beradi. Koreya esa Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan.

Eurasianet’ning yozishicha, agar UzAuto Rossiyaga avtomobil eksportini davom ettirganida, Janubiy Koreya komponentlar ta’minotini to‘xtatib qo‘yishi mumkin edi.

Rossiyaga eksportning to‘xtatilishi o‘zbekistonlik xaridorlar yarim pulini to‘lab qo‘ygan avtomobillarini biroz bo‘lsa-da tezroq olishlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Fikr bildirish