Namanganda hokimliklar yuzga yaqin tadbirkorning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatdi
1 min read

Namanganda hokimliklar yuzga yaqin tadbirkorning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatdi

Chortoq va Mingbuloq tuman hokimliklari 95ta ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar ish vaqtiga 23:00gacha cheklov o‘rnatdi. Biznes ombudsman cheklov bekor qilinganini ma’lum qilib, shunday holatlar bo‘lsa, biznes-vakilga murojaat qilishni so‘radi.

Chortoq va Mingbuloq tumanlari hokimliklari shu hududlarda joylashgan 95ta umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlarning faoliyatiga 23:00ga qadar cheklov o‘rnatdi. Bundan norozi tadbirkorlar biznes ombudsmanga murojaat qilgan. Bu haqda biznes-vakil matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Aytilishicha, hozirda ushbu cheklov bekor qilingan.

“Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5113-son qaroriga muvofiq, barcha tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi berilgan.

Biznes ombudsman tomonidan Namangan viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritildi. Natijada, Chortoq va Mingbuloq tumanlaridagi tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatidagi cheklov bekor qilindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Shuningdek, biznes ombudsman tadbirkorlarga shunday holatlar kuzatilsa, biznes-vakilga murojaat qilishni ma’lum qilgan.

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish