Tibbiyot sohasi inson manfaatlari uchun xizmat qiladi
1 min read

Tibbiyot sohasi inson manfaatlari uchun xizmat qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 18-mart kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, tibbiyot sohasi vakillari uchun yaratilgan sharoitlar hamda bemorlar uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi oʻrinbosari J.Aloydinov, Davlatobod tuman hokimi A.Tadjimirzayev hamda sektor rahbarlari ishtirokida Davlatobod tumanida joylashgan viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi oʻrganildi.

Oʻrganish davomida, muassasaning bugungi mavjud imkoniyatlari, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, barcha sohada boʻlgani kabi tibbiyot sohasida ham «Inson qadri uchun» degan tamoilga amal qilgan holda ish tashkil qilish va xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

Fikr bildirish