Bugun Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov hamda sektor rahbarlari Namangan shahri «Uychi koʻcha»sida olib borilayotgan qurilish, yangilanish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
1 min read

Shahrimizning turli hududlarida ana shunday yangilanish va islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Shular jumlasidan Uychi koʻchadagi bunyodkorlik ishlarini ham alohida taʼkidlash joiz.

Ayni damda bu yerda aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida suvoqova tizimlari yangilanmoqda.

Eskirgan suv oʻtkazgich quvurlari olinib oʻrniga yangi quvurlar oʻrnatilmoqda.

Bu bilan mahalliy aholiga uzluksiz suv taʼminoti yoʻlga qoʻyish reja qilingan.

Shuningdek yoʻllarning nosoz joylari qayta rekontruksiya qilinmoqda. Yangi inshoot va binolar qad koʻtarib taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad shahrimiz aholisiga qulay sharoitlar yaratish, ularning turmush tarzini yanada yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa mahallalardagi yakka tadbirkorliklarni rivojlantirib, aholi bandligi, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari ustuvor vazifalar hisoblanadi.

Fikr bildirish