Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi «Gold Fresh Fruits»  MCHJ  agrologistika markazi qurilishida boʻldi.
1 min read

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi «Gold Fresh Fruits» MCHJ agrologistika markazi qurilishida boʻldi.

Bu yerda 1 gektarli issiqxonaga ekilgan 1 500 tup gilos koʻchatlari, maxsus polietilen idishlarda oʻstirilayotgan 160 tup gilos koʻchatlarini zamonaviy parvarishlash tajribasi katta yangilik. Buning natijasida gilos mevasini may oyida odatdagidan 15 yoki 20 kun avval pishib yetilishi va chet el bozorlariga birinchilardan kirib borishi taʼminlanadi.

Loyihaning umumiy qiymati 10 mln. dollar boʻlib, undagi muzlatgichli omborxonalar sigʻimi birinchi bosqichda 4000 tonnani tashkil etadi. Shu bilan birgalikda, markaz hududida 2 qavatdan iborat mehmonxona, maʼmuriy boshqaruv binosi, bojxona xizmatini koʻrsatish uchun doimiy bino-inshoot, maydoni 2 gektarli meva-sabzavot bozori tashkil etish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi ushbu investitsiya loyihasini tashqi muhandislik (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv) tarmoqlari bilan doimiy taʼminlash choralarini koʻrish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma berdi.

 

Fikr bildirish