18-aprel – “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni saqlash kuni”
1 min read

18-aprel – “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni saqlash kuni”

Namangan viloyati Madaniy meros boshqarmasi 18-aprel – “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni saqlash kuni” hamda madaniy merosni asrash tizimi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan “Tarixiy obida va yodgorliklar – xalqimizning bebaho mulki” mavzusida tadbir tashkil etdi. Unga tizim xodimlari, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, Namangan davlat universiteti talabalari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni boshqarma boshligʻi Muhammadjon Qodirov olib bordi.

Dastlab Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Botirjon Nuritdinov kirish soʻzida mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda madaniy meros obʼektlarini asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mulohaza yuritdi.

Shundan soʻng manbashunos olim Ahmad Ubaydulloh, Namangan davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Tohirjon Qozoqov, viloyat madaniy meros boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Latifa Ahmadaliyeva mavzuga oid oʻz fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Tadbirning yakuniy qismi qizgʻin bahs-munozaralarga aylanib ketdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish bilan birga, soha ravnaqi uchun oʻz takliflarini ham bildirib oʻtishdi.

Fikr bildirish