Issiq kunlar kelyapti, «tonirovka» masalasida yengillik beriladimi? – IIV mas’uli izoh berdi
1 min read

Issiq kunlar kelyapti, «tonirovka» masalasida yengillik beriladimi? – IIV mas’uli izoh berdi

Tonirovka masalasidagi xizmatlar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ko‘rsatilmoqda va bu borada yengilliklar berilishi nazarda tutilmagan. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida IIV JXD YHXX boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov ma’lum qildi.

Foto: hdpic.club

Tadbirda Kun.uz muxbiri issiq kunlarda quyosh nuri haydovchilar va yo‘lovchilarga zarar ekanligini hisobga olib, IIV tomonidan «tonirovka» masalasida qandaydir yengillik berilishi borasida so‘radi.

«Tonirovka masalasiga keladigan bo‘lsak, xabarlaringiz bor, avvallari tonirovkalarga ruxsat berilishi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan amalga oshirilar edi. Bugungi kunda bu Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilyapti. Bu yerda belgilangan narxdan 10 foiz kamaytirilgan, ya’ni 2 million so‘m bo‘ladigan bo‘lsa, shunda 200 ming kam tarzda olib boriladi», – deya javob berdi IIV mas’uli.

Ma’lumot uchun, hukumat qarori bilan 2018 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga pulli asosda oynalarni qoraytirishga ruxsat berilgandi.

Dastlab, qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (24 300 000so‘m), yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (32 400 000 so‘m) va xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (37 800 000 so‘m) etib belgilangandi.

Keyinchalik, 2019 yil avgust oyida «tonirovka» narxi arzonlashtirildi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar YaIDXP orqali ruxsat olish uchun murojaat qilganda, to‘lovlarning quyidagi stavkalari belgilangan:

  • orqa yon oynalar — yiliga 4,5 BHM (1,215 mln so‘m);
  • barcha yon oynalar — yiliga 45 BHM (12,15 mln so‘m).

Old eshiklarning yon oynalarini 50 foizgacha, orqa oynalarni esa 100 foizgacha qoraytirish mumkin.

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish