PREZIDENT QARORI  IJROSI Namangan muhandislik-texnologiya instituti misolida
1 min read

PREZIDENT QARORI IJROSI Namangan muhandislik-texnologiya instituti misolida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha Namangan viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan oʻrganishlar olib borilmoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham qaror ijrosini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilgan.
Axborot xizmati rahbari matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha tashkilot rahbarining maslahatchisi maqomiga ega. Shuningdek, axborot siyosatini olib borish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan.

-Bugungi kunda har bir tashkilot, korxona, muassasa axborot siyosati masalalariga alohida eʼtibor qaratishi muhim. Institutimizda ham axborot xizmati faoliyatini tashkil etish, axborot xizmati rahbarining maqomini qarorda belgilab qoʻyilganidek shakllantirish, yoshlarimizni uning atrofida birlashtirishni muhim vazifaga deb bilamiz. – dedi biz bilan uchrashuvda institut rektori Odiljon Mamatkarimov.

Darhaqiqat, axborot makoni kengayib borayotgan bir davrda xolis va ishonchli axborot manbalarini yaratishda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarining oʻrni beqiyos. Fuqarolarimiz oʻzlariga kerakli maʼlumotlarni veb-saytlar, rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalaridan olishlari, axborot xizmati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanishlari mumkin. Institutda bu boradagi ishlar koʻlami yanada ortadi, – degan umiddamiz.

Fikr bildirish