Namanganda To‘raqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlari chegarasi o‘zgartiriladi
1 min read

Namanganda To‘raqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlari chegarasi o‘zgartiriladi

Namanganda To‘raqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlari chegarasi o‘zgartiriladi

Foto: Kun.uz

Oliy Majlis Senatining “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on hamda Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinishi va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani hududi chegaralari o‘zgartirilishi belgilanmoqda.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,2 gektar (shundan 416,9 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumanining o‘zgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va kartografik chizmasi chegaralari chizig‘i tavsifi tasdiqlanadi.

Qaror loyihasida hujjat ilovalari berilmasligi aytilgan.

Vazirlar Mahkamasi qaror ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlashi qayd etilgan.

Fikr bildirish