Mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi
1 min read

Mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Foto: Business Class

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgani aytildi.

Prezident aholisi ko‘p qishloqlarda shaharlardagi mavjud xizmatlarni imkon qadar yo‘lga qo‘yish lozimligini ko‘rsatib o‘tgan.

Mutasaddilarga aholisi 20 mingdan oshadigan 3-4 ta mahalla uchun kamida 1 tadan mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash topshirildi.

Ushbu markazlar ham, mikrosanoat markazlari kabi, 5 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilishi belgilandi.

Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish o‘rni yaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoq rahbarlari hisobot bergan, hokim yordamchilarining fikr-mulohazalari tinglangan.

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish