1 min read
Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.
2022 yil 20 aprel holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 85000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) ➖ 2 500 – 8000 so‘m;
- piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m;
- sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 6000 so‘m;
- tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
- guruch (1 kg) ➖ 4500 – 20 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 26 000 so‘m;
- shakar (1 kg) ➖ 8800 – 13 000 so‘m.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.