Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Namangan viloyati “Ishga marhamat” monomarkaziga rahbar tayinlandi
1 min read

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Namangan viloyati “Ishga marhamat” monomarkaziga rahbar tayinlandi

Mamadjonova Umida Maxmudovna Namangan viloyati “Ishga marhamat” monomarkazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Umida Maxmudovna 1974 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Umida Mamadjonova mehnat faoliyatini 1993 yilda Namangan shahar 49-sonli MTT tarbiyachisidan boshlagan.

1998-2010 yillarda Namangan shahar “Lola-Namangan” hamda “Namangan-Mobayl” MCHJ hisobchisi, 2010-2011 yillarda Namangan shahar Iqtisodiyot boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, 2011-2012 yillarda Namangan viloyati “Iqtisodiyot” bosh boshqarmasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi, 2012-2014 yillarda Namangan shahar hokimligining xotin-qizlar masalalari kotibiyati birinchi toifali mutaxassis, 2014 yildan hozirga vaqtga qadar Namangan viloyati hokimligining xotin-qizlar masalalari kotibiyati bosh mutaxassisligidan kotibiyat mudiri lavozimigacha mehnat yoʻlini bosib oʻtgan.

Mamadjonova Umida Maxmudovna tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligining mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish