Sel keladigan hududlarda qutqaruv otryadlari soni ko‘paytiriladi
1 min read

Sel keladigan hududlarda qutqaruv otryadlari soni ko‘paytiriladi

Bu yil bahorda 7ta viloyatda 15 marta sel kuzatilib, oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi. Prezident yig‘ilishida muayyan hududlarda qutqaruv otryadlarini ko‘paytirish, qirg‘oqlar va selga qarshi inshootlarni mustahkamlash, xavfli hududlarda yashayotganlarni doimiy ko‘chirish bo‘yicha choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

11 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish kun tartibidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi ham o‘rin oldi.

Rasmiy relizga ko‘ra, shu yil mart-may oylarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va ko‘chkilar sodir bo‘lgan.

Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan. 245 ta xonadon, 19 ta ko‘prik zarar ko‘rgan, 450 dan ortiq bosh chorva mollari nobud bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bunga sel va ko‘chki xavfi yuqori hududlarda yillar davomida betartib pala-partish sug‘orilgani ham sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

  • tog‘ daryolari va soylari, sel yo‘llari joylashgan hududlarda tun-u kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va qutqaruv otryadlarini ko‘paytirish;
  • daryo qirg‘oqlari, suv omborlari, selga qarshi inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shaylik holatini o‘rganib, ularni mustahkamlash;
  • xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

Fikr bildirish