Namangan viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Tolibjon Yusupov Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi Savdo va Xizmatlar vaziri Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
1 min read

Namangan viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Tolibjon Yusupov Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi Savdo va Xizmatlar vaziri Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Namangan viloyati va Boshqirdiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyati, toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarining jahonda tutgan oʻrni borasida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, viloyatimiz zaminida yetishtiriladigan meva-sazavot va poliz ekinlarini Rossiyaga yetkazib berish borasida orttirilgan tajriba va bu tashqi savdoni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari evaziga rivojlantirish xususida muzokara oʻtkazildi.

Vazir Aleksey Nikolayevich Namanganning iqtisodiy salohiyatini, amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami va sifatini yuqori baholadi hamda tadbirkorlik rivojlanib borayotgan Namangan viloyati bilan amaliy hamkorlik qilish uchun barcha asoslar yetarli ekanini taʼkidladi. Shuningdek, Boshqirdistonda faoliyat olib borayotgan mintaqadagi eng yirik AgroPark boʻyicha maʼlumot berib, hamkorlik istiqbollarini yuqori baholadi.

Doʻstona ruhda kechgan uchrashuv yakunida tomonlar Namangan meva-sabzavotlari eksportini rivojlantirish, agrologistik xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Fikr bildirish