Pop tumanida joylashgan 6-sonli Jazoni ijro etish muassasasida “Zakovat” intellektual turniri bo’lib o’tdi.
1 min read

Pop tumanida joylashgan 6-sonli Jazoni ijro etish muassasasida “Zakovat” intellektual turniri bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda yoshlarning bilim salohiyati va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida, doimiy yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etib kelinmoqda.

Yoshlar ishlar agentligi Namangan viloyat boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Pop tumanida joylashgan 6-sonli Jazoni ijro etish muassasasida, jazoni o’tayotgan yoshlar ishtirokida »Zakovat» intellektual turniri o’tkazildi.

Turnirda muassasada jazoni o’tayotgan yoshlardan tashkil topgan 4ta jamoa ishtirok etdi.

Turnir yakuniy natijalariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rinni: «Adolat» jamoasi qo’lga kiritdi.

🥈 2-o‘rinni: «Ozodlik» jamoasi egalladi;

🥉 3-o‘rin: «Samo» jamoasiga nasib etdi.

🏆 Murosasiz kechgan bahs g’oliblari turnirning yakuniy qismida tantanali ravishda taqdirlandilar!

#Zakovat

Fikr bildirish