2 mins read

DIQQAT! “VATANPARVAR” TASHKILOTI JURNALISTLAR OʻRTASIDA TANLOV EʼLON QILADI!

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati Iyul 09, 2021
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etilganiga 30 yil toʻlayotgani munosabati bilan jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida “Vatanparvar” tashkiloti – jurnalist nigohida” mavzusidagi respublika tanlovini eʼlon qilinadi.

Tanlovda mamlakatimiz hamda boshqa davlatlarda yashovchi barcha jurnalist va blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:

– “Eng yaxshi tele – jurnalist”;

– “Eng yaxshi radio-jurnalist”;

– “Eng yaxshi bosma OAV jurnalisti”;

– “Eng yaxshi Internet-nashr jurnalisti”.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar soʻraladi:

– “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati, uning rivojlanish yoʻnalishlari, yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan oʻrni hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berish;

– “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish boʻyicha yoʻlga qoʻyilayotgan yangicha samarali tizimlarni ochib berish;

– respublikamiz aholisi, shu jumladan, yoshlar uchun “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi sport seksiyalari va toʻgaraklari hamda ommaviy texnik kasblarga oʻqitish kurslarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida ommani xabardor qilish;

– bolalar, oʻsmirlar va yoshlarda “Vatanparvar” tashkiloti safiga kirish xayrxohligini va ishtiyoqini uygʻotish.

Tanlovni oʻtkazish tartibi va muddatlari:

– tanlov bir bosqichda oʻtkaziladi;

– tanlov komissiyasi 2021 yilning 23 noyabriga qadar eng yaxshi ishlarni tanlab, gʻolib va sovrindorlarni aniqlaydi;

– ishtirokchilar oʻz materiallarini (yaʼni maqola, blog, koʻrsatuv, videorolik, eshittirishlarni) joriy yilning 1 noyabriga qadar tanlov komissiyasi koʻrib chiqishi uchun quyidagi manzilga yuborishlari lozim:

100017, Toshkent shahri, Osiyo koʻchasi, 86-A uy, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi.

Elektron manzil: matbuot@vatanparvar.uz

Telefon: (71) 235-52-63.

Tanlovga kelgan materiallarni oʻrganish tartibi:

– tanlovga ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye, radio, bosma nashrlar, veb-saytlar yoki messenjer va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalarda eʼlon qilingan materiallargina qabul qilinadi.

– tanlov komissiyasi har bir jurnalistik materialni xolislik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda oʻrganadi.

Jurnalistlardan qabul qilinadigan materiallar:

– bosma nashrlardagi materiallar davriy nashrlarda, Internetdagi maqolalar esa A-4 formatdagi qogʻozda eʼlon qilingan sayt manbasi koʻrsatilgan holda taqdim etilishi lozim. Ishning hajmi – 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda boʻlishi kerak.

– telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar diskka koʻchirilgan holatda taqdim etilishi lozim (texnik nosoz deb topilgan ishlar koʻrib chiqilmaydi).

– material yozilgan elektron manba (CD, DVD, flash) tanlov ishiga ilova qilinadi.

Titul varagʻida quyidagilarni koʻrsatish lozim:

– muassasa nomi, pochta indeksi va manzili;

– ish mavzusi;

– muallif haqida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, pochta indeksi, uy manzili, telefon raqami);

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ishlar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Qabul qilingan ishlar qaytarilmaydi.

Gʻoliblarni taqdirlash:

– tanlov gʻoliblari “Vatanparvar” tashkiloti hisobidan xarid qilingan va tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadi;

– gʻoliblar joriy yilning 23 noyabrida – “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topgan kunga bagʻishlangan tantanali marosimda taqdirlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Fikr bildirish