1 min read

Deputat koʻmagida Baliqchi koʻchasining 200 metr suv tarmogʻi yangilandi

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati O.Babaxanovga “Sumalak guzari” mahallasi, Baliqchi koʻchasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari tomonidan koʻchadagi suv tarmogʻi trubasining yorilishi natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda koʻchaning qatnov qismidan avtomobil va piyodalar harakatlanishida yuzaga kelayotgan muammoni hal etishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan oʻrganib chiqilib, zarur boʻlgan 200 metr suv trubasi deputat mablagʻi evaziga begʻaraz yetkazib berildi. Aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qisqa muddatda suv trubalari yangilanib, natijada 35 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan yana toʻliq taʼminlandi.
Hududimizdan saylangan deputat Olimxon Babaxanov suv bilan bogʻliq muammoimizni zudlik bilan xal etishga yordam berdi deydi – “Sumalak guzari” mahallasi fuqarosi Isoqjon Mirzaboyev. Xalq dardi bilan yashab, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilishda fidoyilik koʻrsatayotgan deputatimiz faoliyatidan minnatdormiz.

Fikr bildirish