1 min read

Nogironligi boʻlgan shaxslar, bemorlar va boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlar deputatlar eʼtiborida

Saylovoldi dasturida kuchli ijtimoiy faollik masalasini ilgari surgan, Mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar saylov okrugidagi ehtiyojmand xonadonlarga doimo gʻamxoʻrlik qilib kelishmoqda.

Kuni-kecha deputatlar tashabbusi bilan, karantin talablariga rioya qilgan holda Namangan shahrining Madaniy, Sharshara, Sumalak guzari, Chorsu, Sharq tongi va Chinor mahallasidagi 41 ta xonadonga tashrif buyurib, xonadonlarda istiqomat qilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar, bemorlar va boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlar holidan xabar olib, goʻsht va momiq sochiq mahsulotlari tarqatildi.

Tashrif davomida keksa nuroniylar va bemorlar davlatimiz tomonidan ularga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarga minnatdorchiliklarini bildirib, yurtimiz tinch, hayotimiz yanada farovon boʻlishini soʻrab duolar qilishdi.

Bu kabi ezgu amallar davom etmoqda.

Fikr bildirish