SSV: UMUMIY OVQATLANISH OBʼEKTLARI FAOLIYATIGA KARANTIN CHEKLOVLARI TATBIQ ETILMAYDIGAN HOLATLAR BELGILANDI
1 min read

SSV: UMUMIY OVQATLANISH OBʼEKTLARI FAOLIYATIGA KARANTIN CHEKLOVLARI TATBIQ ETILMAYDIGAN HOLATLAR BELGILANDI

2021 yil 10 avgustdan eʼtiboran:

📌umumiy ovqatlanish obʼektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikati boʻlgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi.

📌Bunda umumiy ovqatlanish obʼektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etiladi (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan xodimlari bundan mustasno).

🗓2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:
📌tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish subʼektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikati boʻlmagan taqdirda, ularning faoliyat koʻrsatishi vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Fikr bildirish