Namangan shahar hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga qilayotgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.
1 min read

Namangan shahar hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga qilayotgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Namangan shahar hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan muloqot qildi.

Sovuq va qorli ob-havoda ham Namangan shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 700 nafardan ortiq xodimlari tinim bilmay mehnat qilishdi. Ayni paytda ham ular shahrimizning asosiy va ichki ko‘chalari, piyodalar yo‘laklarini qordan tozalash ishlari bilan band.

Shahar hokimi Namangan shahrining asosiy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Uychi ko‘chasida mehnat qilayotgan soha xodimlari bilan muloqot qildi. Mahallalardagi yoshlar yetakchilari ko‘magida ularga issiq kofe va yeguliklar tarqatilib, qilayotgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Fikr bildirish