Namangan shahrida ham “Saxovat karvoni” tadbirlari doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.
1 min read

Namangan shahrida ham “Saxovat karvoni” tadbirlari doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun viloyatimiz bo‘ylab ehtiyojmand oilalar, nuroniylar, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olish, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash uchun doimiy ravishda “Saxovat karvoni” tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Namangan shahrida ham navbatdagi “Saxovat karvoni” faoliyatini davom ettirmoqda. Shahardagi 64 ta mahalla kesimida jami 850 dan ortiq xonadonlar holidan xabar olinishi reja qilingan. Har bir xonadonga 9 turdagi eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. “Saxovat karvoni” barcha sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar ishtirokida manziliga yetkazilmoqda.

Fikr bildirish