Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh maktablarda issiqlik holatini oʻrganmoqda.
1 min read

Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh maktablarda issiqlik holatini oʻrganmoqda.

Xabaringiz bor bugun 23-yanvar sanasidan Namangan shahridagi 3 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabidan tashqari barcha taʼlim muassasalarida oʻqishlar anʼanaviy tarzda boshlandi.

Shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh «Yakkasada» mahallasida joylashgan 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, qozonxonalar ishlashi, maktab sinf xonalarining issiqligi bilan tanishdi.

Isitish tizimini doimiy nazorati va sinf xonalari issiqligini meʼyorida taʼminlash boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Fikr bildirish