Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Boburshox koʻchasida boʻldi.
1 min read

Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Boburshox koʻchasida boʻldi.

Shahrimizning markaziy koʻchalaridan biri Boburshox koʻchasida boʻlgan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh mazkur koʻchada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari egalari bilan muloqot qildi. Ulardagi muammolar tinglandi, masalalarni hal etish borasida tizimli ish tashkil etilishi, bu borada tadbirkorlar ham koʻmakchi boʻlishi kerakligi aytib oʻtildi. Sovuq ob-havo sharoitida elektr energiyasini tejash boʻyicha tavsiya berildi.

Ushbu hududdagi koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr energiyasidagi uzilishlar boʻyicha qilgan murojaatlarini ham oʻrganildi. Nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Fikr bildirish