1 min read

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi olib borilgan ijro harakatlari davomida garovdagi avtotransport topildi.

Xususan, bo‘lim ish yurituvida Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “GOLDEN CHIKKEN STANDART” MChJ dan undiruvchi ATB “Infinbank” foydasiga jami 167.143.210 so‘m kredit qarz undirish belgilangan. Undiruv jamiyatga tegishli bo‘lgan garov mulki sifatida taqdim etilgan davlat raqami 50 756 ZAA va 50 753 ZAA bo‘lgan “NEXIA-3” rusmli avtomashinalariga qaratilgan.

Hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qabul qilingan hamda taraflarga yuborilgan. Biroq, berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli undiruv garov mulklariga qaratilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qidiruvda bo‘lgan davlat raqami 50 753 ZAA bo‘lgan “NEXIA-3” rusmli avtomashina topilib qarzdorlik hisobiga xatlangan yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.

Xumoyun Abdullayev, MIB Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochisi

Fikr bildirish