1 min read

Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha Kosonsoy tumanida brifing oʻtkazildi

🔹 Joriy yilning 11 avgust kuni Kosonsoy tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Bahodir Yusupov, sektor rahbarlari, tuman xalq qabulxonasi mudirasi Tohiraxon Muydinova ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va muammolarini bartaraf etish yuzasidan brifing tashkil etildi.

✅ Joriy yilning 6 oyi davomida Kosonsoy tuman hokimligiga jami 2620 ta shundan 1209 ta yozma, 728 ta ogʻzaki hamda 679 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali murojaatlar kelib tushgan

(2020 yilning shu davri (1473 ta)ga nisbatan 1147 taga (97%) koʻpaygan). Ushbu murojaatlarning 328 tasi yuridik shaxslardan va 2292 tasi jismoniy shaxslardan kelgan.

✅ 2021 yil 6 oyi davomida tuman hokimligiga kelib tushgan jami 2620 ta murojaatlarning 1219 tasi (47 %) qanoatlantirilgan, 1210 ta (46% foiz) murojaatlarga tushuntirish berilgan, 19 ta (0.7 %) murojaatlar asossiz deb topilib rad etilgan,

37 tasi (1.1 %) tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 131 tasi (7 foiz) oʻrganilmoqda.

✅ 2021 yil 6 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual (elektron) qabulxonasi orqali Kosonsoy tuman hokimligiga jami 679 ta (2020 yil (324)ga nisbatan 355 taga (109%) koʻpaygan) murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan 679 ta murojaatning 518 tasi (78%) qanoatlantirilgan, 60 tasiga (46%) umumiy tushuntirish berilgan.

▫️Kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, yer ajratish masalalari 201 ta, moddiy yordam 298 ta, uy-joy masalasi 240 ta, ishga joylashtirish, ish haqi va imtiyoz masalalarida 121 ta, uylarni taʼmirlash masalalari 77 ta, kredit masalalari 103 ta tadbirkorlik masalalari 175 ta, kommunal xoʻjalik masalalari 18 tani tashkil etadi.

Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati

 

Fikr bildirish