Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Sardoba bozorida boʻldi
1 min read

Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Sardoba bozorida boʻldi

Nafaqat shahrimiz balki viloyat aholisi uchun ham asosiy savdo komplekslaridan biri boʻlgan Sardoba bozori doimo haridorlar bilan gavjum. Bozor infratuzilmasini yaxshilash, haridor va sotuvchilarga qulaylik yaratish, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasidagi ishlar koʻzdan kechirildi. Bu borada yangi takliflarni ishlab chiqish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Aholi uchun zarur boʻlgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʼrganildi. Mahsulotlar sifati va narxini doimiy nazorati, bozorda tozalik kunlarini namunali tashkil etish boʻyicha ham bozor maʼmuriyatiga koʼrsatma berildi.

Fikr bildirish